Zoomix MCP server
ZoomixHujjatlar
UZRUEN
Kirish

Hujjatlar

Zoomix MCP server

Zoomix MCP server AI ilovalarga o'z Zoomix akkauntingiz ma'lumotlari bilan ishlash imkonini beradi: savdo, sof foyda, qoldiq, qaytishlar, xarajatlar, Uzum omboriga yetkazish va boshqalar. Siz oddiy tilda so'raysiz — AI Zoomix vositalarini chaqirib, aniq raqamlar bilan javob beradi.

Zoomix — mustaqil xizmat, Uzum Market bilan bog'liq emas.

Server manzilihttps://mcp.zoomix.uz/mcpStreamable HTTP · OAuth 2.1 — Zoomix akkauntingiz bilan kirasiz, token kerak emas.
Mundarija
  1. 1. Nima kerak
  2. 2. Qanday ulanadi
  3. 3. Huquqlar
  4. 4. Tasdiq, pullik amallar va cheklovlar
  5. 5. AI nima qila oladi
  6. 6. Namuna so'rovlar
  7. 7. Ulanishni o'chirish
  8. 8. Maxfiylik va yordam

1Nima kerak

  • Zoomix akkaunti (zoomix.uz) va unga ulangan kamida bitta Uzum Market do'koni.
  • Panelda «AI ulanish» bo'limi ochiq bo'lishi.
  • Masofaviy MCP serverni qo'llaydigan AI ilova: Claude, ChatGPT, Cursor, VS Code va boshqalar.

2Qanday ulanadi

claude.ai: Settings → Connectors → Add custom connector → URL'ni kiriting → Connect. Zoomix oynasida ruxsat bering — token kerak emas. Claude Desktop va telefondagi Claude'da ham xuddi shunday.

Claude Code — terminalda bitta buyruq, keyin Claude Code ichida /mcp orqali kirasiz:

claude mcp add --transport http zoomix https://mcp.zoomix.uz/mcp

ChatGPT: Settings → Apps & Connectors → Advanced → Developer mode yoqing → Create. URL'ni kiriting, Authentication: OAuth → Create → Connect. Zoomix oynasida ruxsat bering — token kerak emas.

Boshqa AI ilovalar uchun yo'riqnoma va token panelning «AI ulanish» bo'limida.

3Huquqlar

Ulanishda Zoomix oynasi qaysi huquqlar so'ralayotganini ko'rsatadi, keraksizini olib tashlashingiz mumkin:

  • O'qish — Savdo, foyda, tovar, qoldiq, xarajat, qaytish, nakladnoy, slot, Boost, FBS va akkaunt ma'lumotlarini ko'rish. Doim yoqilgan.
  • Yozish — Xarajat va ish haqi, o'z ombor, unit ekonomika, sozlamalar, Boost qoidalari, FBS jo'natmasini bekor qilish, sinxronni ishga tushirish. Har amal oldin ko'rsatiladi va tasdiq so'raladi.
  • Slot band qilish — Balansdan pul yechadigan amallar: Uzum omboriga slot qidirish va to'xtatish, pullik AI infografika va tahrir.

Parol, Uzum tokenlari va admin funksiyalari hech qachon berilmaydi. Ulanishni istalgan payt «AI ulanish» sahifasida o'chirasiz.

4Tasdiq, pullik amallar va cheklovlar

Ma'lumotni o'zgartiradigan har bir vosita ikki bosqichda ishlaydi: avval natija oldindan ko'rsatiladi, o'zgartirish esa faqat siz chatda tasdiqlaganingizdan keyin bajariladi.

Pullik amallar (Uzum omboriga slot qidirish, pullik AI infografika) oldindan aniq narxni ko'rsatadi va alohida «Slot band qilish» huquqini talab qiladi. Slot band qilinmasa yoki qidiruv to'xtatilsa, pul balansga qaytadi.

Cheklovlar: daqiqasiga 60 tagacha chaqiruv, 20 tagacha o'zgartirish va 6 tagacha jonli Uzum so'rovi.

5AI nima qila oladi

«Yozish» — ma'lumotni o'zgartiradi, tasdiq so'raladi. «Pullik» — balansdan pul yechishi mumkin, narx oldindan ko'rsatiladi.

Umumiy holat

Do'konlar ro'yxati, davr bo'yicha tushum, buyurtma va sof foyda, do'konlar kesimi, Uzum bilan sinxron holati.

Vositalar: 4
  • list_shops
  • get_overview
  • get_shop_breakdown
  • get_sync_status

Sotuvlar va buyurtmalar

Kunlik, soatlik va oylik sotuv, SKU bo'yicha sotuv, buyurtmalar jurnali.

Vositalar: 4
  • get_sales_summary
  • get_sales_by_sku
  • get_sales_by_month
  • get_order_journal

Tovarlar

Narx, tannarx, qoldiq, sotuv va marja; bitta tovar tafsiloti; eng yaxshi va eng yomon tovarlar reytingi.

Vositalar: 3
  • get_products
  • get_product
  • rank_products

Moliya va foyda

Foyda tahlili (komissiya, logistika, soliq, ROI), davrlarni solishtirish, pul auditi, VGH tekshiruvi va da'vo matni qoralamasi.

Vositalar: 6
  • get_profit
  • get_finance
  • compare_periods
  • get_money_audit
  • get_vgh_audit
  • draft_vgh_claim

Unit ekonomika

Har tovar bo'yicha hisob, yangi narx uchun kalkulyator, Uzum komissiya toifalari; sozlamalar va tovarlarni o'zgartirish.

Vositalar: 9
  • get_unit_economics
  • calc_unit_economics
  • search_uzum_commission_categories
  • update_unit_settingsYozish
  • set_unit_overrideYozish
  • reset_unit_overridesYozish
  • add_unit_productYozish
  • update_unit_productYozish
  • delete_unit_productYozish

Xarajatlar va ish haqi

Uzum ushlanmalari va qo'lda kiritilgan xarajatlar; xarajat qo'shish, o'zgartirish, o'chirish; xodimlar va maosh to'lovlari.

Vositalar: 13
  • get_expenses
  • get_expense_summary
  • list_manual_expenses
  • add_expenseYozish
  • update_expenseYozish
  • delete_expenseYozish
  • get_payroll
  • list_salary_payments
  • add_employeeYozish
  • update_employeeYozish
  • delete_employeeYozish
  • record_salary_paymentYozish
  • delete_salary_paymentYozish

Qaytishlar va yo'qotishlar

Qaytarishlar va brak, SKU kesimi, qoldiq taftishi, kamomad nakladnoylari, yo'qotishlar va da'vo matni qoralamasi.

Vositalar: 7
  • get_returns
  • get_return_skus
  • get_live_returnsYozish
  • get_stock_revision
  • get_shortfall_invoices
  • draft_shortfall_claim
  • get_losses

Nakladnoylar va to'ldirish

Nimani to'ldirish va qancha xarid qilish kerak, nakladnoylar ro'yxati va tarkibi.

Vositalar: 4
  • get_restock
  • get_restock_detail
  • get_invoices
  • get_invoice_items

Slotlar

Slot sozlamalari, ochiq nakladnoylar va buyurtmalar; bitta yoki bir nechta nakladnoyga slot qidirish va to'xtatish. Pul yechiladi.

Vositalar: 6
  • get_slot_setup
  • list_slot_invoices
  • list_slot_orders
  • book_slotYozishPullik
  • book_slotsYozishPullik
  • stop_slotYozishPullik

O'z ombor

Ombordagi tovarlar, variantlar va guruhlar, kirim-chiqim tarixi; tovar va harakatlarni qo'shish, o'zgartirish, o'chirish.

Vositalar: 10
  • get_warehouse
  • list_warehouse_moves
  • list_warehouse_sku_catalog
  • add_warehouse_itemYozish
  • add_warehouse_variantsYozish
  • update_warehouse_itemYozish
  • delete_warehouse_itemYozish
  • add_warehouse_moveYozish
  • update_warehouse_moveYozish
  • delete_warehouse_moveYozish

Boost TOP

Kampaniyalar, qoidalar va umumiy xulosa; qoidalar va mahsulot strategiyasini o'zgartirish.

Vositalar: 5
  • list_boost_campaigns
  • get_boost_campaign
  • get_boost_summary
  • set_boost_rulesYozish
  • set_boost_product_strategyYozish

FBS

FBS buyurtmalari, jo'natmalar va ularning slotlari, hujjat havolalari; jo'natmani bekor qilish.

Vositalar: 6
  • get_fbs_orders
  • list_fbs_supplies
  • get_fbs_supply
  • get_fbs_supply_slots
  • get_fbs_document_links
  • cancel_fbs_supplyYozish

AI infografika

Qolgan bepul limit va tayyor kartochkalar; kartochka yaratish, tahrirlash va o'chirish. Bepul limitdan keyin pul yechiladi.

Vositalar: 6
  • get_infographics_quota
  • list_infographics
  • get_infographic
  • create_infographicsYozishPullik
  • edit_infographicYozishPullik
  • delete_infographic_productYozish

Akkaunt va sozlamalar

Profil, tarif va balans tarixi, Uzum ulanishlari; soliq, marja va to'ldirish sozlamalari; sinxronni ishga tushirish.

Vositalar: 9
  • get_account_profile
  • get_uzum_connections
  • list_plans
  • get_balance_history
  • get_billing
  • get_settings
  • update_settingsYozish
  • reset_settingsYozish
  • trigger_syncYozish

6Namuna so'rovlar

  • O'tgan hafta do'konlarim qanday ishladi? Tushum, buyurtmalar va sof foydani oldingi hafta bilan solishtir.
  • Bu oy eng ko'p sof foyda keltirgan 10 ta tovar qaysi, qaysilari zarar qilyapti?
  • Joriy qoldiq va sotuv tezligiga qarab keyingi ikki haftada nimani to'ldirishim kerak?
  • Oktyabrdagi qaytarishlarni sabab bo'yicha va qaytish ulushi eng yuqori tovarlarni ko'rsat.
  • Xarajat qo'sh: qadoqlash, 350 000 so'm, bugun.
  • Omborga yuborganimdan kam qabul qilingan nakladnoylarni top va da'vo matnini tayyorla.

7Ulanishni o'chirish

Ulanishni panelda istalgan vaqtda o'chirasiz: «AI ulanish» → «O'chirish». Ilova shu zahoti ma'lumotlarga kira olmaydi. Ulagichni AI ilovaning o'zidan ham olib tashlashingiz mumkin.

8Maxfiylik va yordam

Ma'lumotlar qanday qayta ishlanishi Maxfiylik siyosatida yozilgan. Savollar bo'yicha: help@zoomix.uz.

Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlarihelp@zoomix.uz

Yuqoriga
Bosh sahifaMCPMaxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
© 2026 Zoomix