Asosiy kontentga o‘tish11.11🔥 11.11 AKSIYA: Start tarifi 2 oy BEPUL!Hoziroq olish
ZoomixSotuvchi boshqaruv markazi
ImkoniyatlarQanday ishlaydiModullarZoomix AITariflarSavollar
+998 95 279 88 99KirishObuna olish
11.11 aksiya: Uzum sotuvchilariga Start tarifi 2 oy bepul

Sotuv bor. Sof foyda qancha? So‘mma-so‘m ko‘rsatamiz

Ko‘p sotuvchi aylanmani ko‘radi, lekin komissiya, logistika, reklama va jarimadan keyin qo‘lida qancha qolishini bilmaydi. Zoomix buni har bir tovar bo‘yicha hisoblab beradi.

  • 11.11🎁Zoomix’dan 2 oy bepul foydalanishRo‘yxatdan o‘ting — Start tarifi darhol ishga tushadi, to‘lov kerak emas.
  • 🎟Birinchi 2 ta slot bepulUzum omboriga topshirish uchun bo‘sh slotni Zoomix o‘zi qidiradi va band qiladi.
Bepul boshlashPanelga kirish
Boshqaruv paneli
Barcha do‘konlar
Namuna ma’lumot
Savdo aylanmasi
128.4 mln
+12,6% davrga
Sof foyda
34.7 mln
27,0% marja
Buyurtmalar
1 284
1 166 yetkazilgan
Ombor xavfi
17 SKU
to‘ldirish kerak
Sotuv dinamikasi
Oxirgi 12 kun
12.6%
Pul taqsimoti
Hisobga tushadi93.6 mln
Tannarx51.2 mln
Komissiya va logistika25.4 mln
Sof foyda34.7 mln
  • Foyda va moliya
  • Unit ekonomika
  • Slot olish
  • Omborga jo‘natish
  • O‘z omboringiz
  • Sotuv va buyurtmalar
  • Ombor va to‘ldirish
  • Qaytarish va yo‘qotish
  • Xarajat va ish haqi
  • Mahsulot tahlili
  • Excel hisobotlari
  • Zoomix AI
  • Foyda va moliya
  • Unit ekonomika
  • Slot olish
  • Omborga jo‘natish
  • O‘z omboringiz
  • Sotuv va buyurtmalar
  • Ombor va to‘ldirish
  • Qaytarish va yo‘qotish
  • Xarajat va ish haqi
  • Mahsulot tahlili
  • Excel hisobotlari
  • Zoomix AI
  • So'mma-so'mUzum hisobi bilan mos
  • 45 soniyayangi buyurtma panelda
  • 3 oytarix darhol ochiladi
  • 36 oygachamavjud eski oylar fonda yuklanadi
Pul harakati

Aylanmadan sof foydagacha. Bitta aniq hisob.

Panel Uzum ma’lumotini sotuv, xarajat, qoldiq va buyurtma kesimida birlashtiradi. Natijada jadval yig‘ish o‘rniga qaysi mahsulotga pul va vaqt ajratishni ko‘rasiz.

Davr va do‘kon kesimida

Sof foyda taxmin bilan emas

Komissiya, logistika, tannarx, qaytarish va qo‘shimcha xarajatlar aylanmadan alohida ayriladi.

  • Savdo aylanmasi128.4 mln
  • Komissiya va logistika−25.4 mln
  • Tannarx−51.2 mln
  • Boshqa xarajatlar−17.1 mln
  • Sof foyda34.7 mln
Aylanma − Xarajatlar= Sof foyda (27%)
Ombor xavfi

Ombor tugashidan oldin biling

O‘rtacha kunlik sotuv va mavjud qoldiqdan kelib chiqib, nechta mahsulot olib borishni panelning o‘zi hisoblaydi.

7 kunlik xavfsiz zaxira17 SKU to‘ldirish kerak
Zoomix AI

Zoomix ma’lumot ichidan javob topadi

Savolni oddiy tilda yozing. Yordamchi tegishli kesimni topib, qisqa xulosa beradi.

«Qaysi tovar ko'proq foyda beryapti?»→ Javob tayyor
3 qadam

Zoomix qanday ishlaydi?

Ro‘yxatdan o‘ting va Uzum do‘koningizni ulang — keyin sof foydani darhol ko‘rasiz. Dastur o‘rnatish shart emas, hammasi brauzerda.

Tayyor! Raqamlar o‘zi yangilanib turadi — siz faqat qaror qabul qilasiz.

Bepul boshlash

Faqat tahlil uchun ruxsat. Panel do‘kon ma’lumotini o‘qiydi. Savdo jarayoniga o‘zi o‘zgartirish kiritmaydi.

  1. 01

    Ro‘yxatdan o‘ting

    Ism, telefon raqam va parol kifoya. Start tarifi darhol ishga tushadi va 2 oy bepul — to‘lov kerak emas.

  2. 02

    Uzum do‘koningizni ulang

    Uzum seller kabinetidagi tokenni panelga qo‘shing — akkauntingizdagi do‘konlar o‘zi chiqadi.

  3. 03

    Sof foydani ko‘ring

    Sotuv, xarajat va ombor bitta panelda yig‘iladi: sof foyda, unit ekonomika va qoldiq — so‘mma-so‘m.

14+ ishchi modul

Barcha imkoniyatlar bitta panelda

Ma’lumotlar alohida fayl va chatlarda qolmaydi. Har bir bo‘lim bir xil davr, do‘kon va mahsulot kesimida ishlaydi.

  • Unit ekonomika

    Har bir tovardan aslida qancha qolishini va qaysi narxda sotish kerakligini ko‘rasiz.

    • 1 donadagi foyda, marja va ROI — har bir tovar uchun
    • Zararsiz, ishchi (20% marja) va maksimal narx
    • Uzum’ning barcha kategoriyalari va yangi komissiyalari bilan hisob
  • O‘z omboringiz

    BETA

    Uyda, do‘konda yoki ijaradagi skladda turgan tovaringiz hisobi — Uzum qoldig‘idan alohida.

    • Kirim va chiqim yozasiz, qoldiq o‘zi hisoblanadi
    • Kam qolgan va tugagan tovar haqida ogohlantirish
    • Uzum artikuli bog‘langan tovar sotilib yetkazilsa, ombordan o‘zi chiqim qilinadi
  • Sotuv va buyurtmalar

    Kunlik aylanma, dona, holat va kanal kesimi

  • Foyda va moliya

    Aylanma, to‘lov, tannarx, marja va sof natija

  • Ombor va to‘ldirish

    Qoldiq, sotuv tezligi va olib boriladigan miqdor

  • Omborga jo‘natish

    Har bir SKU uchun qancha olib borish kerakligi. FBO qoldig‘i va «Yo‘lda»gi tovar hisobga olinadi, qoldiq necha kunga yetishi ko‘rinadi.

  • Slot olish

    Uzum omboriga topshirish uchun bo‘sh slotni Zoomix qidiradi va band qiladi. Nakladnoylar har kirganingizda Uzum’dan qayta tekshiriladi.

  • Qaytarish va yo‘qotish

    Sabab, mahsulot va pul ta’siri bo‘yicha nazorat

  • Xarajat va ish haqi

    Doimiy xarajatlar, xodimlar va davr kesimi

  • Mahsulot tahlili

    SKU, variant va do‘kon bo‘yicha chuqur kesim

  • Davrlarni taqqoslash

    7, 30, 60, 90 yoki 180 kunlik o‘zgarish

  • Excel hisobotlari

    Rahbar va hisobchi uchun tayyor eksport

  • Telefonda ham qulay

    Panel telefonga moslashgan: chapdan ochiladigan to‘liq menyu va ixcham sarlavha. Raqamlarni yo‘lda ham ko‘rasiz.

  • Zoomix AI

    Paneldagi ma’lumot bo‘yicha oddiy tilda savol-javob

Tarifni olish →
Zoomix AI yordamchi

Savolingizni yozing — Zoomix javob topadi

Ma'lumotlaringiz ichidan kerakli raqamni topib beradi. Jadval yig'ish, filtrlash yoki formula yozish shart emas.

ZoomixAI

Savolni oddiy tilda yozing — AI agent ma'lumotlaringizni tahlil qiladi

Zoomix AI
Online
Qaysi tovar ko'proq foyda bery…
Panelda sinab ko'ring
Raqamlarga ishonch

Raqam noto'g'ri bo'lsa, qolgan hammasi ortiqcha

Ko'p panellar chiroyli grafik chizadi, lekin bitta xarajatni tushirib qoldirsa ham bilinmaydi. Bu yerda har bir ushlanma hisobga olinadi va raqam Uzum hisobiga tenglashadi.

Hech bir xarajat unutilmaydi

Sof foyda faqat komissiya ayirilgandan keyingi raqam emas. Panel quyidagilarning hammasini hisobga oladi — bittasi tushib qolsa, foyda oshirib ko'rsatiladi.

  • Komissiya
  • Logistika
  • Tannarx
  • Aylanma soliq
  • Marketing
  • Pullik ombor
  • Jarimalar
  • Qaytarishlar
  • Ish haqi va ijara

Taxminiy raqam yo'q

Har bir summa haqiqiy buyurtma va to'lov yozuvlaridan chiqadi. O'rtachaga bo'lish, yaxlitlash yoki «taxminan shuncha» degan raqam ishlatilmaydi.

  • Tanlangan davrga aniq kesiladi
  • Har do'kon alohida hisoblanadi
  • Bekor qilingan buyurtma aylanmaga kirmaydi
  • Yarim hisoblangan raqam ko'rsatilmaydi

Xarajatlar ham soatiga bir marta yangilanadi — eskirgan marketing yoki ombor raqami foydani oshirib ko'rsatmaydi.

Tariflar

Tarifni aniq tanlang, imkoniyatlardan to‘liq foydalaning

Har bir tarifdagi do‘kon, tarix va xizmat limitlarini solishtirib, o‘zingizga mosini tanlang.

Tariflar yuklanmoqda…

To‘lov Zoomix hisobingizdagi balansdan olinadi.

Ko‘p so‘raladi

Boshlashdan oldingi savollar

Savolingiz qoldimi?

Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram kanalimizda yozing — ulashda yordam beramiz.

+998 95 279 88 99Telegram kanal · @zoomix_web
API token xavfsiz ishlatiladimi?+

Token Zoomix bazasida shifrlangan holda saqlanadi va Uzum ma’lumotlarini o‘qish uchun ishlatiladi. Panel narxni o‘zgartirmaydi va buyurtmani tasdiqlamaydi.

Zoomix bepulmi?+

Ha, Start tarifi bepul: ro‘yxatdan o‘tgach Zoomix’dan 2 oy bepul foydalanasiz, birinchi 2 ta slot ham bepul. Boshqa tariflar va ularning narxi tariflar bo‘limida so‘mda ko‘rsatilgan.

Uzum’da slot olish qanday ishlaydi?+

Do‘kon va nakladnoyni tanlaysiz, kerakli sanani yoki «eng yaqin» variantini belgilaysiz. Zoomix bo‘sh slotni qidiradi, topilganda band qiladi, holatini esa panelda kuzatasiz.

FBO omborga qancha tovar jo‘natishni qanday bilaman?+

«Omborga jo‘natish» bo‘limi o‘rtacha kunlik sotuv, FBO qoldig‘i va «Yo‘lda»gi tovarga qarab har bir SKU uchun qancha olib borish kerakligini va qoldiq necha kunga yetishini hisoblaydi.

Unit ekonomika nimani ko‘rsatadi?+

Har bir tovar bo‘yicha komissiya, logistika, saqlash va xarid narxidan keyin 1 donadan qancha foyda qolishini, marja va ROI ni ko‘rsatadi. Zararsiz, ishchi va maksimal narxni, foyda maqsadiga necha dona sotish kerakligini hisoblaydi. Uzum’ga hali chiqmagan tovarni ham hisoblash mumkin.

«Ombor» bo‘limi nima?+

Bu o‘z omboringizdagi tovarlar hisobi (BETA): kirim va chiqim yozasiz, qoldiq, o‘rtacha tannarx va ombor summasi o‘zi hisoblanadi, kam qolgan tovar haqida ogohlantiradi. Uzum artikuli bog‘langan tovar yetkazilganda ombordan avtomatik chiqim qilinadi.

Barcha bo‘limlar har bir tarifda ochiqmi?+

Har bir tarif nimalarni ochishi tariflar bo‘limidagi kartada aniq yozilgan. Bepul Start tarifida ham asosiy hisobotlar, Zoomix AI va slot olish ishlaydi.

Obuna tugaganda nima bo‘ladi?+

Hisobingiz bepul Start tarifiga qaytadi: ma’lumotlar saqlanadi, faqat pulli tarifdagi qo‘shimcha imkoniyatlar yopiladi. Balansdan qayta to‘lasangiz darhol ochiladi.

Savolim yoki ulanishda muammom bo‘lsa-chi?+

Yordam bo‘limidan tarif, kirish va do‘kon ulash bo‘yicha ko‘mak oling.

Qisqacha

Zoomix haqida asosiy faktlar

Zoomix nima?
Zoomix — Uzum Market sotuvchilari uchun web-panel: savdo analitikasi, sof foyda, unit ekonomika, ombor qoldig‘i, FBO omborga jo‘natish va slot olish bitta joyda.
Kimlar uchun?
Uzum Market’da bir yoki bir nechta do‘koni bor sotuvchilar, ularning menejerlari va hisobchilari uchun.
Nimani hisoblaydi?
Komissiya, logistika, tannarx va qaytarishlar ayirilgandan keyingi sof foyda, mahsulot marjasi, kunlik sotuv tezligi va omborga qancha tovar olib borish kerakligi.
Narxi qancha?
Start tarifi bepul: 2 oy bepul foydalanish va birinchi 2 ta slot bepul. Boshqa tariflar narxi tariflar bo‘limida so‘mda ko‘rsatilgan.
Qanday ulanadi?
Brauzerda ishlaydi, dastur o‘rnatish shart emas. Ro‘yxatdan o‘tasiz va Uzum seller kabinetidagi tokenni kiritasiz — do‘konlaringiz panelda paydo bo‘ladi.
Qaysi tillarda?
O‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Barcha bo‘limlar · Zoomix AI

Keyingi qarorni raqam bilan qabul qiling

Tarifni tanlang, akkauntni faollashtiring va qarorlarni bir-biriga mos kelmaydigan jadvallarsiz qabul qiling.

Bepul boshlashKirish
ZoomixSotuvchi boshqaruv markazi

Uzum Market sotuvchilari uchun savdo, sof foyda, ombor qoldiqlari va tahlilni bitta qulay boshqaruv panelida birlashtiruvchi professional tizim.

Obuna olish
Imkoniyatlar01Qanday ishlaydi02Modullar03Zoomix AI04Raqamlarga ishonch05Tariflar06Ko‘p so‘raladi07
Token shifrlangan holda saqlanadi
UZRUEN
Foydalanish shartlariKirish